Malaka oshirish kurslari

Tsiklga yozilish, tsikl o’tkazilish muddatlarini kelishish/yakunlash va hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog’liq savollarni elektron pochta yoki telefon raqami orqali yuborish kerak:
akademiyasob@gmail.com
+998977650103

«Siz ona bo`lasiz» Akademiyasida malaka oshirish tsiklidan o’tish uchun zarur hujjatlar:

1. Pasport nusxasi (F.I.O., berilgan sana, propiska).
2. Oliy ma’lumot (tibbiyot/biologiya) diplomi nusxasi.
3. Internatura/ordinatura tugatganlik to’g’risidagi guvohnoma nusxasi (oliy tibbiyot ma’lumotiga ega mutaxassislar uchun).
4. Ushbu mutaxassislik bo’yicha mutaxassis sertifikati nusxasi (oliy tibbiyot ma’lumotiga ega mutaxassislar uchun, agar mavjud bo’lsa).
5. Ushbu mutaxassislik bo’yicha ish stajini ko’rsatuvchi mehnat daftarchasi nusxasi (mehnat daftarchasidan ko’chirmalar kadrlar bo’limi tomonidan tasdiqlangan bo’lishi kerak).

Kurs dasturi

1. Yordamchi reproduktiv texnologiyalar. Asosiy kurs – 48 akademik soat
Bepushtlikni davolash, EKO, ICSI, bachadon ichi urug’lantirish, erkaklar va ayollarning bepushtlik omillari, endokrinologik jihatlar.

2.Yordamchi reproduktiv texnologiyalar. Ilg’or kurs – 150 akademik soat
Bepushtlikni davolash, VRTning barcha bosqichlari “Shifokor ish joyida” formatida.

3. Reproduktiv tibbiyotda yangi ufqlar: bepushtlikni davolashda integrativ yondashuv – 72 akademik soat
Asosiy mavzular: bepushtlikni davolash, integrativ tibbiyot, xorijiy mutaxassislar.

4. Reproduktiv tibbiyotda integrativ yondashuv, xalqaro ekspert ishtirokida – 18 akademik soat
Asosiy mavzular: multidistsiplinar davolash usullari, xorijiy mutaxassislarning shaxsiylashtirilgan strategiyalari.

5. Embriologlar uchun yordamchi reproduktiv texnologiyalar – 144 akademik soat
Asosiy mavzular: embriologiya asoslari, embrionlarni kultivatsiya qilish, EKO, ICSI, gametalar va embrionlarni kriokonservatsiya qilish, embrionlarni ko’chirishga tayyorlash.

6. Bachadon ichi urug’lantirish – 18 akademik soat
Asosiy mavzular: protsedura o’tkazish tamoyillari, bepushtlik omillari, spermani qayta ishlash va tayyorlash.

7.Akusherlikda trombofiliya – 36 akademik soat
Asosiy mavzular: trombofiliya diagnostikasi, AFS bilan homiladorlikni boshqarish, homilaning to’xtashi va tushishining oldini olish.

8. Akusherlik va ginekologiyada ultratovush tekshiruvi – 72 akademik soat
Asosiy mavzular: UTT texnikasi, homiladorlikni monitoring qilish, akusherlik va ginekologiyada patologiyalar diagnostikasi.

9. Kolgposkopiya va bachadon bo’yni saratonining oldini olish – 84 soat
Asosiy mavzular: kolposkopiyani o’tkazish, bachadon bo’yni saratonini erta aniqlash va davolash profilaktikasi.

10.Bachadon bo’yni saratonining oldini olish uchun sitologik tadqiqotlar – 60 akademik soat
Asosiy mavzular: natijalarni talqin qilish, PAPS-test, suyuqlik sitologiyasi.

11. Bachadon bo’yni patologiyalarini davolashning zamonaviy usullari – 36 akademik soat
Asosiy mavzular: anomaliyali natijalar bilan bemorlarni davolash, zamonaviy yo’riqnomalardan foydalanish, amaliy ko’nikmalarni oshirish.

12. Estetik ginekologiyada lazer yordamida regenerativ tibbiyot – 18 akademik soat
Asosiy mavzular: intim zona parvarishi, intim lazerli yoshartirish va toraytirish, lazer yordamida yoshga bog’liq o’zgarishlarni tuzatish.

13. Estetik ginekologiyada inyeksion usullardan foydalanish – 18 akademik soat
Yoshga bog’liq o’zgarishlarni to’ldirgichlar yordamida tuzatish, siydik tutmaslikni davolash va G nuqtasi bilan ishlash, endometriy PRP.

14. Menopauzani integrativ yondashuv yordamida zamonaviy davolash strategiyalari – 18 akademik soat
Multidistsiplinar yondashuv, Gormon almashtiruvchi terapiya (GAT), integrativ yondashuv.

15. Jarrohlik laparoskopiyasi va gistroskopiyasi – 144 akademik soat
Asosiy mavzular: ginekologiya va akusherlikda gistroskopik va laparoskopik protseduralarni o’tkazish bo’yicha ko’nikmalar va bilimlar.

16. Klinik laboratoriya xodimlari uchun kurs – 48 akademik soat
Asosiy mavzular: laboratoriya ishi tamoyillari, tahlillar o’tkazish, hujjatlarni yuritish.

17. O’rta tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish kursi – 72 akademik soat
Asosiy mavzular: tibbiy etika, protseduralar, bemorlarga parvarish, hujjatlarni yuritish.

18. Amaliyot bo’limi hamshiralarini tayyorlash kursi – 150 akademik soat
Asosiy mavzular: jarrohlik protseduralari, infektsion nazorat, bemorlarga parvarish.

19. Tibbiyot muassasalari menejmenti – 36 akademik soat
Asosiy mavzular: xodimlarni boshqarish, rejalashtirish, tibbiy huquq va etika, marketing.