Estetik ginekologiya – bu ayollarning tug‘ruqdan keyingi yoki yoshi o‘tishi bilan bog‘liq intim hududdagi kamchiliklarini bartaraf etishga qaratilgan tibbiyot sohasi.
Zamonaviy ayol uchun har qanday yoshda qulaylik, go‘zallik va o‘ziga ishonch muhim.

Estetik ginekologiyada qo‘llaniladigan usullar og‘riqsiz, kam invaziv bo‘lib, uzoq reabilitatsiyani talab qilmaydi. Terapiya natijasi tez erishiladi, ehtiyojga qarab tuzatish mumkin.
Usullar: inyeksion, apparatli va jarrohlik usullari. Ular alohida yoki birgalikda qo‘llaniladi. Davolash hajmi faqat individual tarzda belgilanadi.

Quyidagi muammolarni hal qilishda yordam beradi:

* Vaginal relaksatsiya sindromi (vaginaning kengayishi, yaqinlikda “shuvillash”, sezuvchanlikning pasayishi yoki jinsiy hayotdan qoniqmaslik),
* Perineumning chandiqli deformatsiyasi, jinsiy yoriqning ochiqligi (tez-tez uchraydigan vulvovaginitlar sababi),
* Og‘riqli jinsiy aloqalar,
* Har bir jinsiy aloqadan keyingi sistit (postkoital sistit),
* Siydik ushlab tura olmaslik,
* Vulva va vaginal shilliq pardalardagi qurish, qichish, achish, yoriqlar (sklerozlovchi liken),
* Tashqi jinsiy a’zolarning teri giperpigmentatsiyasi,
* Kichik jinsiy lablarning deformatsiyasi, assimetriyasi, hajmning yetishmasligi yoki ortiqligi.

Inyeksion usullar lokal anesteziya ostida jinsiy lablar, klitor, G nuqta, vulva, vagina va periuretral sohalarga qo‘llaniladi.

* Plazmolifting (PRP terapiya) – bemorning venasidan olingan qon plazmasi trombotsitlar bilan boyitilib, muammo hududiga yuboriladi. Ushbu usul modellashtiruvchi va davolovchi ta’sirga ega. Eng yaxshi natija uchun kamida 2 ta muolaja kerak bo‘ladi.
* Intim kontur plastika – stabilizatsiyalangan gel (gialuron kislotasi asosida) yordamida muammo hududiga 0,5 ml dan 4 ml gacha yuboriladi. Natija 5-7 kundan keyin ko‘rinadi, preparat 2 yilgacha saqlanadi.

Apparatli usullar – fizioterapevtik ta’sir orqali yumshoq to‘qimalarda kollagen hosil bo‘lishini va qon aylanishini yaxshilaydi.
Estetik ginekologiyada keng qo‘llaniladigan usullar:

* Lazerli vaginal remodellashtirish,
* Radioto‘lqinli lifting (termolifting).
Effekt birinchi muolajadan keyin seziladi va 2-3 hafta davomida kuchayadi.

Bizning mutaxasislar

Xizmatlar narxi

Наименование Стоимость услуги (сум)
PRP терапия 700 000
PRP терапия 2 пробирки 1 200 000 – 1 500 000
Интимное лазерное омоложение 2 500 000
Интимное лазерное омоложение (повтор) 2 000 000
Интимное омоложение с филлером 1 500 000
Интимный пилинг с помощью лазера 1 000 000

So'rov qoldiring