
Biz oldimizga maqsad qo‘ydik – O‘zbekistondagi eng samarali EKU klinikasi bo‘lish. Orziqib kutilgan homiladorlik sari murakkab yo‘lni yuqori darajadagi mutaxassislar bilan, zamonaviy embriologik va genetik laboratoriyalar bilan jihozlangan klinikalarda bosib o‘tgan ma’qul. «Siz ona bo‘lasiz» klinikasi aynan shunday klinikadir. Biz barcha detallarni puxta o‘ylab chiqdik, siz bilan birgalikda ajoyib natijalarga erishish uchun.
Biz bilamizki, EKUga qaror qilish oson emas, chunki 100% muvaffaqiyat kafolati yo‘q, ko‘p narsa klinika va shifokorlarga bog‘liq, jarayon vaqt va mablag‘ talab qiladi. Shuning uchun biz inson omiliga bog‘liq xatoliklarni minimallashtiradigan, dastur muvaffaqiyatini oshiradigan eng zamonaviy uskunalardan foydalanamiz.















