Genetik tekshiruv – bu insonning genetik tuzilishini tahlil qilish orqali sog‘liq xatarlari, ovqatlanish ehtiyojlari, irsiy moyillik va boshqa individual xususiyatlarni aniqlashga yordam beradigan tibbiy testdir.

Agar sizda genetik kasalliklarning oilaviy tarixi mavjud bo‘lsa va sizda bu kasalliklarga yuqori xavf bor-yo‘qligini bilmoqchi bo‘lsangiz, ehtiyot choralarini ko‘rish muhimdir. Aniq DNK testi, tahlil va hisobot sizga quyidagilarga yordam beradi:

* Umumiy salomatlik va jismoniy holatni saqlash yoki yaxshilash,
* Yurak, buyrak, ko‘z va periferik nerv tizimiga ta’sir qiluvchi murakkab irsiy kasalliklar (masalan, diabet, gipertoniya, oilaviy giperkolesterinemiya) xavfini aniqlash va oldini olish,
* Neyrodegenerativ va psixiatrik kasalliklar (Xantington, Altsgeymer) xavfini aniqlash,
* Agar qarindoshlaringiz orasida rak bo‘lgan bo‘lsa, rak xavfini aniqlash,
* O‘sish kechikishi, epilepsiya, autizm bilan bog‘liq kasalliklarning tashuvchiligini aniqlash,
* Bepushtlik va takroriy homila yo‘qotilishi kabi reproduktiv tizim muammolari sabablarini aniqlash,
* Etnik kelib chiqish bilan bog‘liq genetik kasalliklarning oldini olish uchun homiladorlikni rejalashtirayotgan juftlarga ma’lumot berish,
* Dieta va jismoniy mashqlar bilan bartaraf etib bo‘lmaydigan vazn muammolarini hal qilish,
* Genetik metabolik tuzilishga mos ovqatlanish dasturini ishlab chiqish,
* Mushak tuzilmasiga mos mashg‘ulot rejasini aniqlash.

Genetik tekshiruv barcha yoshdagi insonlarga tavsiya etiladi, sog‘liqni saqlash, yoshlikni uzaytirish va keyingi avlodni kasalliklardan himoya qilish uchun.

Bizning mutaxasislar

Xizmatlar narxi

Xizmat nomi Xizmat narxi (so‘m)
Eritish va embrion biopsiyasi (genetik tahlil uchun) 6 000 000
1 embrion uchun NGS 5 600 000
2 embrion uchun NGS 10 000 000
3 va undan ortiq embrionlar uchun NGS (har biri) 4 500 000
Kariotip (kariotogramma bilan, ekspert daraja) 1 350 000
Abortiv materialning molekulyar kariotiplanishi 2 400 000
Tromboz xavfi bilan bog‘liq genetik polimorfizmlarni tahlil qilish (integrativ xavf hisoblash bilan) 1 350 000
Y-xromosomaning AZFa lokusidagi mikrodelesiyalarni kengaytirilgan qidiruv 1 600 000
NIPT T21 2 800 000
NIPT bazaviy panel 3 500 000
NIPT standart panel 4 000 000
NIPT kengaytirilgan panel 6 000 000
46XY jins inversiyasi – SRY geni mavjudligini tahlil qilish 1 000 000
Homila jinsini noinvaziv aniqlash (standart test) 2 500 000
Homilaning rezus faktorini noinvaziv aniqlash 1 800 000
Embrion qarindoshligini aniqlash 2 800 000
NGS orqali aniqlangan mutatsiyani Senger usuli bilan tasdiqlash 1 500 000
To‘liq ekzom sekvensiyasi (WES), ekspert daraja, klinik interpretatsiya bilan 8 000 000
Bitta klinik ahamiyatli genni sekvensiyalash 3 000 000
XMA – xromosom mikro-matritsali tahlil 3 500 000
Buyrak usti bezlari tug‘ma giperplaziyasi (adrenogenital sindrom) – CYP21A2 genidagi 15 patogen variantni qidirish 2 700 000
Mo‘rt X-xromosoma sindromi – CGG takrorlari sonini aniqlash 2 000 000
Irsiy kasalliklar skriningi 5 800 000
Jilber sindromi 800 000
Preimplantatsion genetik test (PGT-A) EKSPRESS 12 000 000
To‘liq ekzom sekvensiyasi EKSPERT 9 000 000
Monogen kasalliklar uchun preimplantatsion genetik diagnostika (PGT-M), individual test tizimini ishlab chiqish 9 000 000
Mukovistsidoz – CFTR genidagi kengaytirilgan mutatsiyalar qidiruvi 3 000 000
DNKni 365 kungacha ajratish va saqlash (keyingi tadqiqotlar uchun) 800 000
Abortiv material genomini to‘liq sekvensiyalash “Fertus” 13 500 000
Talassemiya 5 800 000
Otaliqni aniqlash (dorioldi, noinvaziv) 9 400 000
To‘liq genom sekvensiyasi GenomeUNI 16 000 000
Proband va ota-onalar genomini to‘liq sekvensiyalash (3 kishi) GenomeUNI 38 000 000
“DUET” kompleks tekshiruvi (er + xotin) 16 000 000

So'rov qoldiring