Spermogramma — bu laboratoriya tahlili bo‘lib, sperma sifatini, miqdorini va spermatozoidlarning urug‘lantirish qobiliyatini baholaydi.

Bu tahlil ko‘pincha erkaklarning bepushtligini aniqlash yoki juftlikni homiladorlikka tayyorlash jarayonida tayinlanadi. Me’yoriy ko‘rsatkichlar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan va tegishli tavsiyalarda belgilangan:

  • Sperma qovushqoqligi o‘zgarishi mumkin (me’yor, yuqori yoki past), bu hol prostata bezining funksional holatini aks ettiradi.
  • 3-5 kunlik parhezdan so‘ng spermalar hajmi 1,5 dan 6 ml gacha bo‘lishi kerak.
  • Eyakulyat rangi: me’yor – oq yoki biroz sarg‘ish, yaltiroq tus bilan.
  • pH darajasi: 7,1 dan yuqori bo‘lishi kerak.
  • Spermatozoidlar konsentratsiyasi: me’yor — har bir millilitrda kamida 15 million hujayra, umumiy miqdor — kamida 39 million.
  • Spermatozoidlar harakatchanligi: kamida 30% hujayralar harakatchan bo‘lishi kerak.
  • Hayotiylik: kamida 54% spermatozoidlar tirik bo‘lishi kerak.
  • Morfologiya: normal shakldagi spermatozoidlar kamida 4% bo‘lishi kerak.

Qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak

Spermogramma natijalarini aniq va ishonchli olish uchun to‘g‘ri tayyorgarlik muhim. Quyidagi tavsiyalarga amal qilish tavsiya etiladi:

  1. Tahlil topshirishdan 3-5 kun oldin jinsiy aloqadan tiyilish. Bu eng informativ ma’lumot olish uchun optimal muddat hisoblanadi.
  2. Tadqiqotdan 5-7 kun oldin alkogol va tamakidan saqlanish, chunki ular sperma sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
  3. Tahlil topshirishdan bir necha kun oldin hammom yoki saunaga bormaslik, chunki qizib ketish spermatozoidlar harakatchanligini pasaytirishi mumkin.
  4. Tahlildan bir necha kun oldin jiddiy jismoniy yuklamalardan va stressdan qochish.
  5. Shifokoringizga qabul qilayotgan dori-darmonlar haqida xabar berish, chunki ba’zi dorilar tahlil natijalariga ta’sir qilishi mumkin.

Tahlil – labaratoriya tomonidan taqdim qilingan steril idishga ejakulyatni o‘z-o‘zidan induktsiya qilish yo‘li bilan yig`iladi. Material olish klinika hududida amalga oshirilishi va topshirilgach bir soatdan kechiktirmay laboratoriyaga yetkazilishi muhimdir.

Tayinlanish ko‘rsatmalari

Spermogramma quyidagi hollarda tayinlanadi:

  • Bepushtlikni diagnostika qilish. Agar juftlik bir yil davomida muntazam urinishlarga qaramay homilador bo‘la olmasa, shifokor spermogrammani o‘tkazishni tavsiya qilishi mumkin.
  • Homiladorlikni rejalashtirish. Homiladorlikni rejalashtirayotgan juftliklar erkaklarning reproduktiv salomatligini oldindan baholash uchun tekshiruvdan o‘tishi mumkin.
  • Jinsiy tizim kasalliklarini davolashdan keyin. Infeksiyalar yoki boshqa patologiyalardan so‘ng spermogramma spermatogenez funktsiyasining tiklanganligini baholashga yordam beradi.
  • Bepushtlikni davolash natijalarini baholash. Spermogramma belgilangan terapiyaning samaradorligini nazorat qilish uchun ishlatiladi.
  • Gormonal buzilishlar yoki jinsiy a’zolar kasalliklariga shubha bo‘lganda.

Spermogramma va boshqa diagnostik testlarni o‘tkazish uchun qabulga yozilish uchun bizning sayt orqali yoki telefon raqamlarimiz orqali murojaat qilishingiz mumkin: +7 922 254-42-59, +998 71 202 09 00.

Klinikamiz mutaxassislari sizga UZI va boshqa zarur tekshiruvlarni o‘tkazib, sizning holatingizni aniq baholash uchun kompleks tekshiruvdan o‘tishingizga yordam beradi.

Bizning mutaxassislarimiz